Metrologiyada sun’iy intellekt

Metrologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan yangi sun’iy intellekt asosidagi algoritmlar laboratoriyalarda o‘lchovlarni avtomatlashtirishda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu texnologiya natijalarning aniqligini oshirish, inson xatosini kamaytirish va o‘lchov jarayonlarini tezlashtirish imkonini beradi. Algoritmlar o‘lchov moslamalari bilan real vaqt rejimida integratsiyalashgan bo‘lib, kalibrlash natijalarining tez tahlili va arxivlanishini ta'minlaydi. Loyiha doirasida AI asosidagi dasturlar ba'zi laboratoriyalarda tajriba tariqasida joriy etilgan bo‘lib, dastlabki natijalar ijobiy baholangan. Kelgusida ushbu tizim butun Markaz bo‘ylab keng joriy etilishi rejalashtirilgan