Loyihalar

“Hudud gaz” bilan birgalikda avtomatlashtirish va filtr o‘rnatish ishlari

“Gaz Prom Standart” MChJ tomonidan viloyatlardagi bir nechta “Hududgaz” tuman bo‘limlarida mavjud gaz ta’minot tizimlari to‘liq o‘rganilib, ularni avtomatik boshqaruv tizimiga integratsiya qilish ishlari olib borildi. Loyihaning asosiy bosqichida sanoat filtrlari o‘rnatilib, gazning tozaligini ta'minlash, uskuna ishdan chiqishini oldini olish va ta'minotdagi xavfsizlikni kuchaytirish maqsad qilingan. Shuningdek, avtomatik regulyatsiya tizimi orqali bosim nazorati barqarorlashtirildi.

“Hudud gaz” bilan filtr o‘rnatish va Flobus qurilmalarini joylashtirish

Bu loyiha doirasida bir nechta hududiy gaz ta’minoti nuqtalariga Flobus 107 qurilmalari o‘rnatildi. Uskunalar o‘z ichiga gaz oqimini aniqlik bilan o‘lchovchi mexanizmlar, xavfsizlik sensorlari va monitoring bloklarini olgan. Qurilmalar joyida sinovdan o‘tkazilib, texnik jihatdan sozlandi, attestsiyalash va qiyoslash ishlari to‘liq bajarildi. Barcha ishlar “Gaz Prom Standart” muhandislari tomonidan bajarilgan bo‘lib, mustaqil ravishda amalga oshirilgan.

“Eyvalek” temir-beton zavodi: uzellar, priborlar va diafragmalarni kompleks kalibrovka va attestatsiya qilish

Mazkur loyihada “Gaz Prom Standart” jamoasi tomonidan zavodda mavjud gaz o‘lchov tizimi to‘liq kalibrovkadan o‘tkazildi. Uzellar, bosim priborlari va diafragmalar texnik hujjatlar asosida o‘lchov aniqligi bo‘yicha tahlil qilinib, davlat standartlariga muvofiq attestatsiya qilindi. Bu jarayon zavodning energetik xavfsizligini ta'minlashga, avariyalarning oldini olishga va nazorat tizimini mustahkamlashga xizmat qildi.

Jizzax AVM zavodi: 0 dan gazlashtirish, barcha pribor va diafragmalarni qiyoslash, izmenitel kompleksni attestatsiyalash

Jizzaxda joylashgan AVM ishlab chiqarish majmuasi uchun 0 dan boshlab gaz ta’minot tizimi loyihalashtirildi va to‘liq amalga oshirildi. Loyihaning birinchi bosqichida gaz quvurlari, priborlar va diafragmalar o‘rnatildi. Keyingi bosqichda barcha o‘lchov asboblari qiyoslab chiqildi, izmenitel kompleksi esa funksional tekshiruvlardan o‘tkazilib, sertifikatlandi. Loyihani yakunida to‘liq hujjatlashtirish va ekspluatatsiya bo‘yicha ko‘rsatmalar taqdim etildi.

“Navoiy Uran” korxonasi: Flobus qurilmasining monitoring qismini ekranlashtirish va texnik integratsiya

“Navoiy Uran” korxonasining yuqori bosimli gaz tizimi uchun Flobus 107 qurilmasining monitoring blokiga zamonaviy ekranlashtirish va uzatuvchi modullar o‘rnatildi. Texnik integratsiya loyihasi asosida qurilma ishlab chiqarish liniyasining ichki tizimiga ulab berildi, bu esa ma’lumotlar tahlilini real vaqt rejimida amalga oshirish imkonini berdi. Qurilma o‘rnatilishi bilan birga xavfsizlik protokollari tekshirib chiqildi va ekspluatatsiya bo‘yicha brifing o‘tkazildi.